Surxondaryo
Tarkibida giyohvand moddasi bor dori sotuvchilar ushlandi
Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi O‘rikzor mahallasida yashovchi So‘piyev Panjiboy mijozga 20 dona “Tramadol” psixotrop moddasini 60 ming so‘mga sotayotganida ushlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirildi.
Surxondaryoda er-xotinning janjali ayanchli tugadi
Joriy yilning 11 dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida yashovchi A.H. uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashagan turmush o‘rtog‘i O.U.ning bosh va bel qismlariga temir bo‘lagi bilan urib jarohat yetkazgan.
Surxondaryoda shifokorning bir barmoq ishorasi bir million so‘mmi?
A.Hamidov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining (RSHTYOIM) Surxondaryo viloyat filialida jarroh bo‘lib ishlardi. U manfaat ko‘rish maqsadida o‘zining xizmat vazifasiga kiradigan muayyan ishni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish evaziga tovlamachilik yo‘li bilan haq talab qilib, oqibatda hamkasblari oldida boshi egildi.
Surxondaryodagi mehmonxonada yong‘in chiqdi
Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida shu yilning 4 dekabr kuni “Yangi shahar” MFY hududida joylashgan “Turon” mehmonxonasida elektr chirog‘i o‘chib qayta yonishi oqibatida mehmonxonaning yerto‘lasida turgan gaz ballonidan sizib chiqib, to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Denovdagi janjal bir kishining o‘limi bilan tugadi
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi A.YO. 29 noyabr kuni «Yangixazarbog‘» mahallasida shu mahallada yashovchi SH.E. bilan janjallashgan.
Kanadaga ishga jo‘natishni “va’da” qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi Abdurahmon Jomiy mahallasida yashovchi Samandar Rahimov (ism-shariflar o‘zgartirildi) 2016 yilning dastlabki oyida mumaygina daromad topishning turli yo‘llarini cho‘tlab ko‘radi.
Termizda 1919 yil suratga olingan ovozsiz film namoyish etildi
Termiz shahridagi San’at saroyida Madaniyat vazirligi va Germaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida nemis rejissyori Ernst Luyubichning 1919 yilda suratga olingan “Qo‘g‘irchoq” ovozsiz filmi namoyish etildi.
Surxondaryoda mijozlarni chuv tushirayotgan bank xodimi ushlandi
Surxondaryo viloyatidagi tijorat banklaridan birida kredit bo‘limi mutaxassisi bo‘lib ishlayotgan Sanjar Nuriyev Muzrabot tumani At-Termiziy mahallasida yashovchi Ashur Choriyevga o‘zini bankning kredit bo‘limi boshlig‘i sifatida tanishtirib, unga “Neksiya-3” rusumli avtomashina sotib olishi uchun qisqa vaqtda avtokredit rasmiylashtirib berishni quyuq va’da qiladi.
Termizda kam ta’minlangan fuqarodan pora talab qilgan hokimlik mutaxassisi hibsga olindi
25 noyabr kuni Termiz tuman hokimligining sanoatni rivojlantirish, kommunikasiya va qurilish bo‘yicha bosh mutaxassisi Bahodir Rustamov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) kam ta’minlangan fuqaro Muhabbat Aqiyevadan (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) yangi uy olish uchun ro‘yxatga qo‘yish evaziga 300 AQSh dollari miqdorida pora olayotganida qo‘lga olindi.
Sirdaryo va Surxondaryoda o‘g‘rilar qo‘lga tushdi
Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida 2016 yil 16 dekabr kuni A.F.ga nisbatan sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyati uchun “Paxtakor” MFYda yashovchi O.T. aniqlanib ushlandi. Tergov davom etmoqda.
Surxondaryoda noqonuniy qurol va o‘qlar olib qo‘yildi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Sherobod tumanida sport quroli va uning o‘n to‘rt dona o‘qini ushlab qoldi.
Zulfiya mukofotida korrupsiya: Surxondaryoda pora so‘ragan ayol qo‘lga olindi
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti uchun o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovning Termiz shahar bosqichida nomzodni viloyat bosqichiga o‘tkazish evaziga 200 AQSh dollari so‘ragan shaxs pora olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi «Turon 24».