Surxondaryolik erkak o‘z jiyanini nega o‘ldirdi?

Surxondaryolik erkak o‘z jiyanini nega o‘ldirdi?

Joriy yilning 30 dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi O.P. mast holda uyida jiyani A.N. bilan o‘zaro janjallashib, uning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, natijada A.N. kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan. O.P. esa qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!