25 mln so‘mni bermay kelayotgan ayollar qo‘lga olindi

25 mln so‘mni bermay kelayotgan ayollar qo‘lga olindi

2018 yilning 22 dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida yashovchi fuqaro Z.A. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U 2016 yil dekabr oyida Termiz tumanida yashovchi M.E. (ayol) va Muzrabot tumanida yashovchi D.T. (ayol) undan umumiy qiymati 25 mln so‘mlik sarimsoq piyozini sotish uchun olib, shu kunga qadar pullarni bermay kelayotganliklarini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.E. va D.T. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!