Maktab o‘quvchisini tunagan talonchilar qo‘lga olindi

Maktab o‘quvchisini tunagan talonchilar qo‘lga olindi

Shu yilning 25 dekabr kuni ikki noma’lum shaxs Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumani Azlarsoy mahallasi hududida maktab o‘quvchisini kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, Samsung mobil telefonini olib ketganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yangi shahar mahallasida yashovchi J.U. va SH.J.lar sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!