Navoiy

Karmanada o‘quvchi "Godji" mevali o‘simligini yetishtirdi

Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 10-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Sharofiddin Bobomurodov "Tibet barbarasi", "Xitoy derazasi" kabi nomlar bilan ma’lum bo‘lgan "Godji" mevali o‘simligini o‘z tomorqasida yetishtirishga erishdi.

Navoiyda bir ko‘chada joylashgan uchta xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

Navoiy shahridagi "Bunyodkorlar" ko‘chasida ketma-ket joylashgan 3 ta xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi.

Navoiyda 55 bosh qo‘y va echkilar o‘g‘rilari qo‘lga olindi

Joriy yilning 6 noyabr kuni Navoiy viloyatining Nurota tumanida yashovchi I.A. IIBga murojaat qilib, shu yil 26 oktyabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs shu mahalla hududidagi dala maydonida qarovsiz qoldirilgan 55 bosh qo‘y va echkilarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Navoiyda “mushtumzo‘r” qo‘lga olindi

Shu yil 26 oktyabr kuni Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashovchi SH.R. dehqon bozorida o‘zaro janjal tufayli mast holda bo‘lgan “Yangirabod” MFYda yashovchi F.SH.ning yuziga qo‘li bilan urib jarohat yetkazgan.

Shoxruh Aminov Navoiy viloyati prokurori etib tayinlandi

O‘zbekiston Bosh prokurorining 2018 yil 3 noyabrdagi buyrug‘iga asosan Shoxruh Aminov Navoiy viloyati prokurori etib tayinlandi.

Navoiyda ota xotini va norasida farzandlarini belkurak bilan savaladi

Joriy yilning 29 oktyabr kuni Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashovchi M.X. uyida oilaviy janjal oqibatida turmush o‘rtog‘i M.S. (ismli ayol)ning tanasini turli joylariga urayotgan vaqtida ularni ajratmoqchi bo‘lgan 2 va 4  yoshli farzandlarini ham boshlariga belkurak bilan urib jarohat yetkazgan.

Qiziltepa tumanida tibbiyot xodimlari paxtaga jalb etildi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tibbiyot xodimlari paxtaga majburan jalb etildi. Paxtaga chiqishdan bosh tortganlar uchun tunggi navbatchilik yozilmayapti. Bu haqda tuman tibbiyot birlashmasining bir guruh xodimlari xabar berdi.

Tuman hokimligi tadbirkorga yetkazilgan 80 million so‘m zararni to‘ladi

Navoiy viloyati Konimex tumanida yashovchi fuqaro Farmonov Shamshod Atabayevich 2018 yil 11 sentyabr kuni o‘ziga tegishli bo‘lgan “Azizbek Afzal” xususiy korxonasi balansida bo‘lgan avtotexxizmat va savdo do‘koni binolarini davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganiga to‘lanishi lozim bo‘lgan 80 million so‘m zarar hokimiyat tomonidan to‘lab berilmayotganidan norozi bo‘lib, Konimex tumani adliya bo‘limiga murojaat qilgan. 

Nogiron odamlar yong‘indan qutqarildi

Kuni kecha Navoiy shahridagi Bunyodkorlar ko‘chasida joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in chiqqan 8/5A uyda 1949 yilda tug‘ilgan 1-gurux nogironi N.R, 8/4A uyda 1958 yilda tug‘ilgan 2-guruh nogironi A.X. va 1981 yilda tug‘ilgan 1-guruh nogironi S.X.lar istiqomat qilgan.

Navoiyda 45 nafar fuqaroga sud hukmi o‘qildi

Navoiy viloyat ma’muriy sudi tomonidan Navoiy shahridagi “Bahor” mahalla fuqarolar yig‘inida 45 nafar fuqaroga nisbatan sayyor sud majlisi o‘tkazildi.

Arzon uy-joy uchun pora olayotgan “Qishloq qurilish invest” IK xodimi qo‘lga olindi

“Qishloq qurilish invest” IK Navoiy viloyat filiali bosh mutaxassisi va “Buxoro harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadi”ning Navoiy shahridagi o‘t o‘chirish komandasi xodimining pora olish va vositachilikdagi jinoiy sherikligi fosh etildi.

​1 milliard so‘mni o‘zlashtirgan korxona rahbari qo‘lga olindi

Navoiyda katta miqdordagi pul mablag‘ini o‘zlashtirgan firibgar rahbarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.