Navoiyda ota xotini va norasida farzandlarini belkurak bilan savaladi

Navoiyda ota xotini va norasida farzandlarini belkurak bilan savaladi

Joriy yilning 29 oktyabr kuni Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashovchi M.X. uyida oilaviy janjal oqibatida turmush o‘rtog‘i M.S. (ismli ayol)ning tanasini turli joylariga urayotgan vaqtida ularni ajratmoqchi bo‘lgan 2 va 4  yoshli farzandlarini ham boshlariga belkurak bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha farzandlar kasalxonaga yotqizilgan. Onaga esa tibbiy yordam ko‘rsatilgan.  M.X. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!