Navoiyda “mushtumzo‘r” qo‘lga olindi

Navoiyda “mushtumzo‘r” qo‘lga olindi

Shu yil 26 oktyabr kuni Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashovchi SH.R. dehqon bozorida o‘zaro janjal tufayli mast holda bo‘lgan “Yangirabod” MFYda yashovchi F.SH.ning yuziga qo‘li bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha F.SH. kasalxonaga yotqizilgan. SH.R. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!