Zokirning odoblari

A A A
Zokirning odoblari

Zikr qiluvchi uchun o‘ziga yarasha odoblar mavjud. O‘sha odoblarga rioya qilgan holda ado etilgan zikr qabul va ijobat bo‘lishi umidlidir.

1. Alloh taolodan zikr uchun yordam so‘rash.

2. Zokir tahoratli bo‘lishi kerak.

3. Fazilatli makonlarni ixtiyor qilish. Masjid, Haramayni sharifayni va shunga o‘xshash joylar.

4. Fazilatli zamonlarni ixtiyor qilish.

Imom Navaviyning aytishicha, zikr uchun eng afzal vaqt bomdod namozidan keyingi vaqtdir. O‘sha vaqtda farishtalar hozir bo‘ladilar.

Imom Molik shuning uchun ham «Bomdod namozidan to quyosh chiqqunicha gapirish va uxlash makruhdir», deganlar.

Zikrning eng afzal mavsumlaridan biri zulhijja oyining birinchi o‘n kunligidir.

Qolgan barcha vaqtlarda zikr mustahabdir.

5. Solih amallardan keyin zikr qilmoq.

6. Noqulay holatlarda zikrni to‘xtatish lozim.

Bunga xaloga kirgandagi, jinsiy yaqinlik qilgandagi, juma xutbasi paytidagi kabi holatlar kiradi.

7. Qiblaga qarab zikr qilish kerak.

8. Rag‘bat, xushu’ va xuzu’ hamda tadabbur bilan zikr qilish lozim. Ya’ni fikrni jamlab, aytilayotgan zikrning ma’nosini tushunib zikr qilish lozim.

9. Zikrni xoli qolib qilishga harakat qilish.

Odamlardan panada bo‘lib, xilvatda zikr qilish ko‘pchilikning ichidagi zikrdan afzaldir.

Ibn Hajar yuqorida eslatilgan hadisda kelgan «Agar bandam Meni yolg‘iz zikr qilsa, Men ham uni yolg‘iz zikr qilaman», degan iboradan «Maxfiy zikr oshkora zikrdan afzaldir» degan hukmni chiqargan.

Maxfiy zikrning afzalligi bundan boshqa hadislarda ham ta’kidlangan. Zotan, u riyodan yiroqdir.

Ammo shariatda ta’kidlangan, ovoz chiqarib aytish lozim bo‘lgan labbayka, azon va iqomaga o‘xshash holatlarda ovoz chiqarish shart.

Qalbi ochiq zotlar Alloh taoloning dargohidan boshqa joyda najot yo‘qligini anglab yetganlar. Alloh taoloning dargohiga esa U Zotga bo‘lgan haqiqiy muhabbat ila vafot etmaguncha erishib bo‘lmaydi. Haqiqiy muhabbat esa mahbubni davomli zikr qilish va uni tark etmaslik ila sobit bo‘ladi.

Davomli zikrga keraksiz ishlarni, behuda o‘yin-kulgini tashlab, kechasi va kunduzi uchun vazifa qilib olingan zikrlarni bajarish bilan erishiladi.

Oxirat saodatini iroda qilgan banda o‘ziga istig‘for, tahlil, takbir, salavot kabi zikrlarni vazifa qilib olib, doimiy ravishda ado etib yuradi.

Albatta, ularning vaqtini va matnini hadisi shariflarda ko‘rsatilgandek yo‘lga qo‘yish kerak. Biladigan odamlardan ta’lim olinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Nafsni poklovchi omillarga qanchalik amal qilinsa, nafs shunchalik poklanib boraveradi.

Naqshbandiya tariqatida «Yod kard» shiorida nafasni tutib turib, dil bilan birdaniga tavhid zikrini qilish ko‘zda tutilgan. Avval shayx dil bilan «Laa ilaaha Illalloh. Muhammadur Rasululloh»ni aytadi. Murid ko‘nglini hozir qiladi va shayxning ko‘ngli barobarida tutadi va ko‘zini ochib, og‘zini yumib, tilini tanglayiga yopishtirib, tishlarini mahkam tutib, nafas olmay, ulug‘lash va to‘liq quvvat bilan zikr qilishga o‘tadi. Ko‘ngli bilan zikr qiladi, tili bilan emas. Bir nafasda uch marta aytadi. Buni zikrning halovatini sezguncha davom ettiradi.

6. Boz gasht.

«So‘ngra o‘t». Bu shiorda maqsad va matlab faqatgina Alloh taoloning roziligi bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bunda solik zikr qilib bo‘lgach, «Ilohiy anta maqsudi va rizoka matlubi», deydi va bu jumlaning ma’nosini xayolidan o‘tkazadi. Uning ma’nosi esa «Ilohim, Sen maqsudimsan va roziliging matlubimdir», deganidir.

Aslida bu shior har bir mo‘min-musulmonning ezgu orzusidir. Ya’ni har bir mo‘min-musulmon Alloh taologa g‘oyibona iymon keltirish bilan birga, jannatda inshaalloh, Alloh taoloni ko‘rishiga qat’iy ishonadi. Uning iymon keltirib, solih amal qilishdan maqsadi ham shu: Alloh taoloni bir marta bo‘lsa ham ko‘rish va ko‘ngli butunlay taskin topgan holda jannatda abadiy yashash. Bu dunyoda bandaning istagi, orzusi, matlabi o‘zini Yaratgan Zotning roziligini topishdir. Chunki bu sinov dunyosining og‘ir imtihonlaridan o‘tib, Alloh taoloning roziligiga erisha olgan banda har ikki olamda ham abadul-abad baxtli bo‘ladi, inshaalloh.

7. Nigoh dosht.

«Nigoh sol». Bu shiorda qalbni xavotirdan saqlash ko‘zda tutilgan. Bu orqali qalbga Alloh taoloning muhabbatidan boshqa narsa kirmasligi ta’minlanadi. Murid qalbiga bir lahza bo‘lsa ham haqmi, botilmi, hech narsa kirmasligi chorasini ko‘rishi kerak. Agar qalbiga biror xotira kirsa, darhol zikrni to‘xtatadi. Xotirani quvadi va zikrni yangitdan boshlaydi. Bu to‘xtash ila solik davomli zikr ila erishgan barakalarning hosilini muhofaza qiladi, zikrda mustaqim bo‘lish ila hosil bo‘lgan huzur va mushohada darajalarini muhofaza qiladi. Qalbiga turli xotiralarning suqilib kirishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Shayx Sa’duddin Qashg‘ariy rahmatullohi alayhi aytadi: «Solik har kuni toqatiga qarab bir, ikki yoki uch soat qalbiga hech qanday xotira va xayol kirmasligini mashq qilishi kerak. Toki uning qalbida Alloh taolodan boshqa qolmasin».

Mashoyixlar: «Bu to‘xtash nafiy va isbot «Laa ilaha illalloh» zikriga xosdir. Toki solikning qalbida ushbu zikrning ma’nosi o‘rnashib qolsin. Agar bunga erisha olmasa, unda huzuri qalbiy bo‘lmaydi».

Albatta, bunda qalbning hozirligi bardavom bo‘lishi ko‘zda tutilgandir. Ruhiy tarbiyada qalb hozirligi va ichni turli xayol va xotiralardan muhofaza qilish eng muhim maqsadlardan biridir. Albatta, turli xotira va xayollar butunlay yo‘qolib ketishi mumkin emas. Bu yerda ularning qalbga o‘rnashib qolmasligi ko‘zda tutilgan.

Shayx Fariduddin Attor rahmatullohi alayhi aytadi: «Albatta, xayol va xotiraning qalbga suqilib kirishini man qilish juda ham og‘ir va mashaqqatlidir. Ammo sizlar ularni haydashga va boqiy qolmasligiga harakat qilinglar. Men qalbimni xotira va xayollardan yigirma yil qo‘riqladim. Shunga qaramasdan, ular qalbimga mazkur muddatdan keyin ham suqilib kirdilar. Ammo qaror topa olmadilar».

Bu va bundan keyingi, ya’ni «Yod dosht», «Vuqufi zamoniy» va «Vuqufi qalbiy» maqomlari har bir mo‘min-musulmonga buyurilgan tafakkur maqomidir. «Bir soatlik tafakkur bir kunlik ibodatdan afzaldir», degan hadisning ma’nosi ham shu. Zero, inson o‘ziga berilgan aqlu farosat bilan borliqqa, zamonga va eng avvalo o‘ziga teran nigoh solib, yaratilmish narsalarning mohiyati va Yaratuvchining qudrati, adolati, shafqati, muhabbati, in’omi haqida tafakkur qilsa, hayot, borliq faqat Alloh taolo bilangina mazmun kasb etishini anglaydi. Shu ishonch iymondir, iymonning madoridir. Binobarin, tafakkur iymonga yetaklovchi, iymonga quvvat bo‘luvchi omildir. Shuning uchun ham xolis tafakkur xolis ibodatning oliy darajasidir.

8. Yod dosht.

«Yodga ol». Bu shiorda har lahzada Alloh taoloni yodda tutish ko‘zda tutilgan. Bundan Haq subhanahu va taolodan doimo zavq yo‘li bilan ogoh bo‘lib turish iroda qilinadi. Ushbu shiorni mushohada va huzurni muhofaza qilish ham deyiladi. Bunda Alloh taoloning Zotini mushohada qilishga xos yuzlanish bordir. Uni mushohada va aynul yaqiyn ham deyiladi.

Shayx Muhammad Amin Kurdiy rahmatullohi alayhi aytadi: «U (Yod dosht) qalbning davomli ravishda takallufsiz va ortiqcha urinmasdan Alloh taolo bilan hozir bo‘lishidir. Ushbu huzurga jazba maqomotlari va suluk manzillarini bosib o‘tmaguncha muyassar bo‘linmaydi».

«Yod dosht» solikning amali samarasidir. U muridning g‘oyatiga yetganidan keyingi holidan iboratdir. Gohida u zikr, muroqaba va murshidning ko‘magi samarasi bo‘lishi ham mumkin. Solik unga barcha to‘siqlarni oshib o‘tish orqali yetishadi.

Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy rahmatullohi alayhining yuqorida zikr qilingan sakkiz qoidasiga Xoja Bahouddin Naqshband rahmatullohi alayhi quyidagi uchtani qo‘shganlar:

9. Vuqufi zamoniy.

«Zamondan voqif bo‘lmoq». Bu shiorda solik o‘zi yashayotgan zamonni bilmog‘i va undan unumli foydalanmog‘i ko‘zda tutilgan. Bundan solik doimo o‘zining holini bilib turishi iroda qilingan. U turgan zamon shukr zamonimi yoki uzr zamonimi, yaxshi bilsin. Qabz – torlik holatida istig‘for aytadi va bast – kenglik holatida shukr qiladi. Bu ikki holga rioya qilish vuqufi zamoniydan iboratdir.

Vuqufi zamoniy o‘zini o‘zi qalbiy tergashdan iborat bo‘lib, unda solik har ikki yoki uch soatda mazkur soatlarda qalbining holati qanday bo‘lganini tekshirib ko‘radi. Agar o‘sha vaqt ichida qalbi Alloh taolo bilan hozir bo‘lsa, buning uchun Haq subhanahu va taologa shukr qiladi.  Agar o‘sha vaqt ichida g‘ofillik holatida bo‘lsa, istig‘for aytib, tavba qiladi.

Xoja Bahouddin Naqshband rahmatullohi alayhi aytadilar: «Vuqufi zamoniy – solikning o‘z holini anglamog‘i va o‘zi turgan zamonni yaxshi bilmog‘idir. Shukr keltirish kerakmi yoki uzr aytish lozimligini ajratmog‘idir. Agar yaxshi bo‘lsa, shukr qiladi, boshqacha bo‘lsa, uzr keltiradi».

Mavlono Ya’qub Charxiy rahmatullohi alayhi aytadi: «Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband rahmatullohi alayhi qabz – torlik holiga uchragan solikka istig‘for aytishni nasihat qilar edilar. Alloh taolo bast – kenglik holi ila xushbaxt etgan solikka Haq subhanahu va taologa shukr keltirishni nasihat qilar edilar». 

So‘fiylar vuqufi zamoniyni muhosabadan iborat, deydilar.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlarini yakuniy mag‘lubiyatga olib kelishi mumkin

Бу ҳақда Швейцария Бош штабининг истеъфодаги подполковниги Ральф Боссхард айтиб ўтди.

Sadir Japarov beligacha qor yoqqaniga qaramay maktabga qatnayotgan o‘quvchini prezident archasiga taklif qildi

Маълумотга кўра, болакай Ош вилоятининг Коо-Чати қишлоғида яшайди ва 4-синфда таҳсил олади.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Ukraina Rossiyaning muhim ob’ektlariga zarbalar berdi

Бу ҳақда Бош штабнинг Telegram’даги каналида берилган хабарда айтилган.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.