Gruziya Yevropa Ittifoqidagi inqirozga qaramay, Yevropaning bir qismi bo‘lishni xohlaydi
Evropa Ittifoqi hozirda inqirozni boshdan kechirayotganiga qaramay, Gruziya aniq Yevropaning bir qismi bo‘lishni xohlaydi.
Bu haqda Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Tbilisi YEI bilan muloqotga tayyor, ammo mamlakat milliy manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifadir.
"Mamlakatimiz manfaatlarini o‘zimiz himoya qilmasak, bizni hech kim qo‘llab-quvvatlamaydi. Bizning xabarlarimiz hamma uchun tushunarli bo‘lishi kerak: biz tinchlik, barqarorlik, iqtisodiy taraqqiyotni xohlaymiz va hamma bilan muloqotga tayyormiz. Bu voqealardan g‘olib chiqish uchun hushyor turishimiz kerak. Radikal zo‘ravonlik va Gruziya ishlariga chet el aralashuvining oldini olishda g‘oliblikni nazarda tutyapman", — dedi u.
Kavelashvilining so‘zlariga ko‘ra, Gruziya Yevropa integrasiyasi yo‘lidan og‘ishmayapti va YEI global muammolarga, jumladan, AQSh bilan qarama-qarshilikka dosh berishiga umid qilmoqda.
"Evropa Ittifoqiga kelsak, men doimo takror aytamanki, inqiroz va turli qiyinchiliklarga qaramay, biz bu sog‘lom jarayonlar Yevropa munosib rivojlanishga olib keladi, deb umid qilamiz. Biz, albatta, Yevropaning bir qismi bo‘lishni xohlaymiz, deb umid qilamiz. Biz Yevropa omon qolish uchun kuch topadi va asrlar davomida bo‘lgani kabi qoladi, deb umid qilishimiz kerak", deb ta’kidladi Gruziya prezidenti.
