"Real" bir amallab g‘alaba qozondi (video)
"Real" Ispaniya chempionatining 16-turida safarda "Alaves"ni mag‘lub etdi - 2:1
Uchrashuvning 24-daqiqasida mehmonlarning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappe hisobni ochdi. 69-daqiqada "Alaves"ning ispaniyalik forvardi Karlos Visente javob golini urdi. Uchrashuvning 76-daqiqasida "Real"ning braziliyalik hujumchisi Rodrigo yakuniy hisobni o‘rnatdi.
"Real" Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasidagi ikki mag‘lubiyatdan so‘ng g‘alaba qozondi. U 16 o‘yindan keyin 36 ochko bilan La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Alaves" 16 o‘yinda 18 ochko to‘plab, 12-o‘rinda bormoqda.
Chempionatning navbatdagi o‘yinida "Real" 20 dekabr kuni "Sevilya"ni qabul qiladi, "Alaves" esa shu kuni "Osasuna" mehmoni bo‘ladi.
Alaves - Real - 1:2
Gollar: Mbappe, 24 (0:1). Visente, 69 (1:1). Rodrigu, 76 (1:2)
Alaves: Sivera, Pacheko, Tenalya, Parada (Enrikes, 89), Otto, Blanko, Suares (Gevara, 83), Ibanyes (Alenya, 68), Rebbach (Visente, 68), Kalebe (Martines, 68), Boye
Real: Kurtua, Raul Asensio, Ryudiger, Valdepenyas (Xeysen, 79), Valverde, Tshuameni, Bellingem, Arda Gyuler (Garsiya, 78), Vinisius Junior (Mastantuono, 89), Rodrigu (Dias, 83), Mbappe
Ogohlantirishlar: Parada, 6. Gevara, 90 - Vinisius Junior, 80
