Zoir Mirzayev kecha fonar yorug‘ida videokonferensiya o‘tkazdi (FOTO)

Zoir Mirzayev kecha fonar yorug‘ida videokonferensiya o‘tkazdi (FOTO)

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev kecha ZOOM platformasida tuman va shahar hokimlari bilan muloqot qildi va bir qator shoshilinch vazifalarni ilgari surdi:

photo2022-01-2523-10-32.jpg

- elektr va suv ta’minoti tiklanmagan hududlarga ertalab 6.00 dan boshlab maxsus transportlarda suv yetkazib berish;

- barcha nonvoyxonalar va non ishlab chiqaruvchilari bilan tuni bilan muloqot qilib, muammolarini bartaraf etish, erta tongdan non taqchilligi yuzaga kelmasligiga erishish;

photo2022-01-2523-10-30.jpg

- elektr ta’minoti yo‘q bo‘lgan hududlardagi mehribonlik va muruvvat uylariga zudlik bilan muqobil moslamalar o‘rnatib, vaqtinchalik ta’minotni yo‘lga qo‘yish;

- bozorlarda kundalik zarur mahsulotlar zahirasini yaratish, qo‘shimcha manbaalarni ishga solish, narx barqarorlini saqlash;

photo2022-01-2523-10-28.jpg

- vaziyat tufayli kelib chiqqan aholi muammolariga zudlik bilan chora topish va ko‘maklashish;

- shifoxonalarga mas’ullar biriktirish, og‘ir holatdagi bemorlar, bolalar salomatligini alohida nazoratga olish;

-yoqilg‘i quyish shahobchalarini barqaror ishlatish va taqchillik kelib chiqamasligini ta’minlash bo‘yicha barcha imkniyatlarni ishga solish va hakozo.

Bu kunlar o‘tib ketadi, odamlar bizdan ko‘rgan har qanday ko‘mak va yordamni eslab yuradi, bu kunlar har qaysi darajadagi rahbarlar uchun sinov. Eng asosiysi, odamlar murojaat qilganda har handay savoliga ochiq javob olsin. Odamlar o‘rtasida bezovtalik, sarosima, xavotir bo‘lmasligi kerak, deb qayd etdi muloqotni yakunlar ekan viloyat yetakchisi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!