Zelenskiy: "Ukrainaga uzoq masofali raketalar juda kerak"

Zelenskiy: "Ukrainaga uzoq masofali raketalar juda kerak"

Prezident zarba C-300 raketalari bilan amalga oshirilganini qayd etdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z mamlakatida davom etayotgan urushda Rossiya armiyasiga qarshi samaraliroq kurashish uchun uzoq masofali raketalar kerakligini aytdi.

Zelenskiy Telegram ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan nutqida Rossiya-Ukraina urushi kontekstidagi so‘nggi voqealarga baho berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 28 yanvar kuni ertalab rus qo‘shinlari Donesk viloyatining Konstantinovka shahriga raketa hujumi uyushtirgan, natijada 3 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, 14 nafari yaralangan.

Prezidentning qayd etishicha, hujum nishoni tinch aholining uylari bo‘lgan. Unga ko‘ra, zarba C-300 raketalari bilan berilgan.

Bunday hujumlarning oldini olish va Rossiya armiyasining hujum imkoniyatlarini cheklash uchun qo‘shimcha qurolga ehtiyoj borligini ta’kidlagan Zelenskiy, “Ukraina ayniqsa uzoq masofali raketalarga muhtoj” dedi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!