Zelenskiy Ukraina radiosining 100 yilligi munosabati bilan "Suspilne” teleradio kompaniyasiga intervyu berdi
Vlvdimir Zelenskiy Ukraina radiosining 100 yilligi munosabati bilan "Suspilne” teleradio kompaniyasiga intervyu berdi.
Ushbu intervyuda Ukraina prezidenti tomonidan bildirilgan asosiy fikrlardan iqtiboslar:
▪️Urush kelasi yilda diplomatik yo‘l bilan tugashini ta’minlash uchun qo‘limizdan kelgan barcha harakatlarni qilishimiz kerak;
▪️Rossiya Federasiyasi bilan muzokaralar hozirda ilojsiz. Muzokaralarni faqatgina Ukraina Rossiya qarshisida yolg‘iz qoldirilmasa va kuchli bo‘lsa amalga oshirish mumkin. Ukraina mustahkamlanishi kerak, davlatimiz har qanday diplomatik yechimlar uchun kuchli bo‘lishi kerak;
▪️Tramp Ukrainani qo‘llab-quvvatlash tarafdori ekanligini va urushni tugatishni xohlayotganini aytdi;
▪️Safarbarlik to‘g‘risidagi qonun qabul qilingandan keyin qancha odam safarbar etilganini bilaman. Safarbar etilganlar soni 500 000 kishini tashkil etmadi, lekin frontda odamlar yetarli emas;
▪️AQSh siyosatidagi o‘zgarishlar urush tugashidan dalolat beradi. Bu qanday bo‘lishini bilmayman. Bizning vazifamiz — bizni Rossiyaga yon berishga ko‘ndirish imkoniyatiga yo‘l qo‘ymaslik;
▪️Putinga Ukrainaning taslim bo‘lishi shartlari asosida muzokaralar olib borishiga ruxsat berilmaydi. Men faqat shaxsan Tramp bilan muzokaralarga jiddiy qarayman, uning maslahatchilari bilan emas. Bu prezidentlar darajasidagi jarayon;
▪️Ukraina o‘zining to‘rt turdagi raketalarini ishlab chiqdi. Hozirda ushbu raketalarning sinov jarayonlari davom etmoqda;
▪️Ukraina sharqida vaziyat juda og‘ir. Ruslar turli sabablarga ko‘ra sekinlik bilan oldinga siljimoqda;
▪️Brigadalarimizni harbiylar va qurollar bilan ta’minlash jarayoni sust kechdi;
▪️Ukraina ittifochilari tomonidan ba’zi qurollarning yetkazib berilishini 12 oy kutdi;
▪️AQSh tomonidan va’da qilingan qurollarning yarmi haligacha Ukrainaga yetib kelmagan;
▪️Ukraina sharqida charchagan brigadalar bor, ular yangi qurolli bo‘linmalar bilan almashtirilishi kerak.