O‘zbekiston MMA jamoasi dunyoda tengsiz deb topildi
O‘zbekiston ilk bor mezbonlik qilgan aralash jang san’ati (MMA) turlari bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda, O‘zbekiston kattalar va yoshlar jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.
Kattalar o‘rtasida O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Mezbon sportchilar murosasiz bahslar davomida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 8 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Oltin medal:
-61.2 kg: Jamshid Tillayev
-65.8 kg: Zafar Rashidov
-97 kg: Asrorbek Anvarjonov.
Kumush medal:
-52.2 kg: Qarshi Usmonov.
Bronza medal:
-56.7 kg: Firdavs Hayitmatov
-93 kg: Shamshod Shukurov
-97 kg: Islombek Qodirov
+97 kg: Humoyiddin Muxtorov
-46.7 kg: Natalya Kadirova
-70.3 kg: O‘g‘iloy Jumanova
-74.8 kg: Gulsara Kazakbayeva
-79.4 kg: Mashhura Yo‘ldosheva.
Yosh MMAchilar o‘rtasidagi shiddatli bellashuvlarda 4 ta oltin, 4 ta kumush va 10 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.
Oltin medal:
-65.8 kg: Zafarjon Asatov
-97 kg: Mirjalol Uralov
-65.8 kg: Muzayana Sadriddinova
-79.4 kg: Xurshida Roziqova.
Kumush medal:
-52.2 kg: Firdavs Atamuradov
-83.9 kg: Sarvarbek Hasanov
-70.3 kg: Ra’no Nasriddinova
-74.8 kg: Mahliyo Abdumannopova.
Bronza medal:
-56.7 kg: Shohjahon Temirov
-61.2 kg: Ilhomjon Borisov
-65.8 kg: Suhrob Boymatov
-88.4 kg: Islombek Quvonchiyev
-93 kg: Yusufboy Ahmedov
+97 kg: Muhsinjon Mo‘minjonov
-65.8 kg: Odinaxon Abdug‘aniyeva
-74.8 kg: Shohsanam Amaniyazova
-79.4 kg: Xadichabonu Tursunqulova.