Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kechki telemurojaatida Rossiya va KXDR o‘rtasidagi harbiy ittifoq mustahkamlanishini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Shimoliy Koreya harbiylari urush zonasiga yuborilishi mumkin.
"Biz Rossiya va Shimoliy Koreya kabi rejimlar o‘rtasidagi ittifoq kuchayib borayotganini ko‘rmoqdamiz, bu endi qurol-yarog‘ning o‘tkazilishi haqida emas, biz aslida odamlarni bosqinchining harbiy kuchlariga o‘tkazish haqida gapiramiz" - dedi Ukraina rahbaridan iqtibos keltiradi "Amerika ovozi".
Zelenskiy kattaroq urushning oldini olish uchun Rossiyaga mamlakat bardosh bera oladigan darajada kuchliroq bo‘lishi uchun bosimni kuchaytirish kerakligini aytdi. U yana bir bor Rossiya hududidagi nishonlarga qarshi uzoq masofali qurollardan foydalanish zarurligini eslatdi.
Avvalroq Washington Post gazetasi Ukraina va Janubiy Koreyadagi manbalarga tayanib, Shimoliy Koreya Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyaga minglab askarlarini jo‘natgani haqida xabar bergan edi. Ular mashg‘ulotlardan o‘tmoqda va bu yil frontda bo‘lishlari kerak.
Ukraina rasmiysiga ko‘ra, Shimoliy Koreya zobitlari Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina hududlarida harbiy harakatlar teatrini o‘rganayotgan front chizig‘ida kuzatilgan.
Bir necha kun avval Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yong Xem KXDRdan Rossiyaga harbiy harakatlarda qatnashish uchun harbiylarni yuborish ehtimoli yuqoriligini ma’lum qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, ikki davlat o‘rtasida mohiyatan harbiy ittifoq mavjud. "Biz vaziyatni o‘rganyapmiz va bunga tayyormiz", dedi u deputatlarga.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Бошланган ҳафтада кутилаётган об-ҳаво маълумоти эълон қилинди. Ушбу ҳафтанинг бошида Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қуруқ об-ҳаво сақланиб туради.
Суриядаги фуқаролар уруши давомида шафқатсизлиги ва мухолифатга қарши кураши билан машҳур бўлган Башар Асаднинг амакиваччаси ва Миллий мудофаа кучларига раҳбарлик қилган Сулаймон Асад мухолифат томонидан осиб ўлдирилди.
Путиннинг таклифлари қуйидагилардан иборат: Украина НАТОга қўшилмаслиги шарт ва Россия ўзи ҳозир Россияга қўшиб олганини эълон қилган Украинанинг тўртта вилоятининг бутун ҳудудига эга бўлиши керак.
Ташкилот конгрессида 2030 йилги мундиал бир вақтнинг ўзида олти мамлакат - Марокаш, Испания, Португалия, Аргентина, Уругвай ва Парагвайда ўтиши белгиланди.
Бир кун аввал Сурия мухолифати Дамашқ ва унинг атрофида «пойтахтнинг марказий маҳаллаларида оммавий талон-торож қилишни тўхтатиш» мақсадида жорий қилган комендантлик соати бекор қилинди.