Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar uchun shartini aytdi

Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar uchun shartini aytdi

Vladimir Zelenskiy Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan bo‘lib o‘tgan uch tomonlama uchrashuvdan keyin Moskva bilan muzokaralar faqat Rossiya qurolli kuchlari Ukraina hududidan chiqib ketgandan keyin bo‘ladi, deb bayonot berdi.

"Tinchlik muzokaralarini boshlash uchun Rossiya bosib olgan hududlardan chiqib ketishi kerak", – deya keltiradi Zelenskiy so‘zlarini Anadolu agentligi, deb yozmoqda RIA Novosti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!