Zelenskiy: "Putinga qilinyotgan "sovg‘alar" tinchlikka olib kelmaydi"
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShning Rossiya dizel yoqilg‘isini global bozorlarga yetkazib berishga qarshi sanksiyalarni vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorini tanqid qildi.
Zelenskiy bu haqda o‘zining Telegram-kanalida yozdi.
"Rossiya bilan keskinlikni kamaytirish bo‘yicha aniq va uzoq muddatli kelishuvsiz sanksiyalarni yumshatish zaiflikning aniq belgisidir. Bu Rossiyaga foyda keltiradi, unga ko‘proq odamlarni o‘ldirish, urushni uzaytirish, Amerikaga kamroq hurmat ko‘rsatish va dunyoga yanada ko‘proq yo‘qotishlar va zarar yetkazish imkonini beradi", dedi Zelenskiy.
Ukraina Prezidenti Kiyev keskinlikni kamaytirish uchun o‘zaro choralar ko‘rishga tayyor ekanligini va Amerika tomoni bu pozisiyadan xabardor ekanligini ta’kidladi.
Uning ta’kidlashicha, Ukrainaning Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlari va boshqa neft inshootlariga zarbalari Moskvaning Ukraina energetika infratuzilmasiga uzoq vaqtdan beri hujumlariga javobdir.
Zelenskiy agar Rossiya Ukraina energetika infratuzilmasiga zarba berishni to‘xtasa, Kiyev ham Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berishni to‘xtatadi.
"Aynan shu kelishuvni biz Amerikaga taklif qilmoqdamiz va biz Qo‘shma Shtatlar bu murosaga erishish uchun yetarli imkoniyatlarga ega deb hisoblaymiz", deb ta’kidladi Ukraina Prezidenti.
