Zelenskiy: Nega Tramp urushni tugatmadi?

Zelenskiy: Nega Tramp urushni tugatmadi?

Agar Donald Tramp 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Vashingtonning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarishi mumkin, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.

Ukraina AQShda prezident o‘zgarishidan qo‘rqadimi, degan savolga javob berar ekan, Zelenskiy bunga “oddiy odamdek” munosabatda bo‘lishini aytdi. "Siz yaxshi tomonga o‘zgarishlarni xohlaysiz, lekin u boshqacha bo‘lishi mumkin", dedi Zelenskiy.

U, shuningdek, Trampning Ukrainadagi urushni bir kunda tugatishi mumkinligi haqidagi bayonotlariga yana bir bor izoh berdi.

“Men nima uchun Donald Tramp Putin va Zelenskiyni 24 soat ichida muzokara stoliga o‘tirib, urushni tugatishini aytganini tushunmadim. Axir u (AQSh prezidenti) bo‘lganida ham buni uddalay olardi. Lekin bu sodir bo‘lmadi.

Ha, savol, ehtimol, o‘sha paytda unchalik keskin emas edi, chunki agar tahlil qilsak, to‘liq miqyosli bosqinchilik bo‘lmagan. Ammo shunga qaramay, bizning hududlarimiz bosib olindi”, — dedi Ukraina prezidenti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!