"Yuzida niqob, qo‘lida pichoq": Zominda kelin eridan qasd olmoqchi bo‘ldi

A A A
"Yuzida niqob, qo‘lida pichoq": Zominda kelin eridan qasd olmoqchi bo‘ldi

Xalqimiz bejizga "Jahl kelganda, aql qochar" demagan. Agar Husnora (ism-shariflar o‘zgartirilgan) shu maqolga amal qilganda, umid bilan bir yostiqqa bosh qo‘ygan turmush o‘rtog‘ining joniga qasd qilmagan, unga pichoq o‘qtalib, tan jarohati yetkazmagan bo‘lardi. Aslida biror inson alamini olish uchun u kim bo‘lishidan qat’i nazar boshqa bir insonga pichoq o‘qtalishga, uning umriga zomin bo‘lishga haqli emas... Husnoraning bunday qaltis jinoyatga qo‘l urishiga nima sabab bo‘ldi? 

Husnora (ayblanuvchi):

- Turmush o‘rtog‘im Mahmud Toshtemirov bilan 2018 yilning 5 oktyabr kuni qonuniy nikohdan o‘tib, turmush qurdik. Erim bilan munosabatimiz yaxshi edi, faqat ilk kunlardanoq qaynona-qaynotam bilan kelisha olmadim. Ular meni ro‘zg‘or yumushlarida no‘noqlikda ayblashardi. Oxirgi paytlarda janjal kuchayib ketdi. Erim ota-onasining gapiga kirib, men bilan urishadigan odat chiqardi. Bir necha marotaba qizlik uyimga arazlab ketdim, ammo kelajakda turmushim yaxshi bo‘lib ketishiga umid qilib, qaytib keldim. Aksiga olib, oradan bir yil o‘tsa-da, homilador bo‘la olmadim. Erim bilan kasalxonaga tekshiruvga borganimizda, shifokorlar Mahmud akada kuchli shamollash borligini, bu narsa menga ham o‘tganini aytishdi. Uyga qaytganimdan keyin mazam bo‘lmay, yotib qoldim. Qaynonam "Menga kasal kelin kerak emas, uyingga borib, davolanib kel", deb ota-onamning uyiga jo‘natib yubordi. Ayni shu kunlari singlimning to‘yi bo‘layotgani uchun u yerda bir oycha qolib ketdim. Shu bir oy mobaynida mendan na erim, na qaynona-qaynotam xabar oldi. Erim hatto qo‘ng‘iroq ham qilmadi. Bundan juda ruhan siqildim va nima qilishni bilmay, alam bilan kelinlik uyimga yo‘l oldim. Vaqt allamahal bo‘lgani uchun hovlida hech kim yo‘q, hamma uxlab yotardi. Sekingina yotoqxonaga kirdim, u yerda turmush o‘rtog‘im hech nima bo‘lmagandek xotirjam uxlab yotardi.Uning bemalol uxlab yotishini ko‘rib, g‘azabdan ko‘zimga qon quyuldi... 

Mahmud Toshtemirov (jabrlanuvchi):

Aslida Husnoraning o‘zi "Meni davolatishni istamasanglar, ota-onam davolatadi", deb hech kimdan ruxsat so‘ramay, achchiq qilib, ketib qoldi. Uning bu qilig‘idan mening ham, ota-onamning ham jahli chiqdi. Shuning uchun undan hech kim xabar olmadi. 2019 yilning 4 dekabr kuni kechasi yotoqxonada uxlab yotgan edim. Endi ko‘zim ilinganda, ustimga birov chiqqandek og‘irlashib ketdim. Avvaliga "Bosinqirayapman, shekilli", deb kalima qaytardim. Lekin shunda ham ustimdagi sharpa yo‘qolmaganini ko‘rib, o‘rnimdan turishga harakat qildim. Ko‘zlarimni katta ochganimda, ustimda yuziga niqob taqqan, qo‘liga pichoq ushlab olgan ayol o‘tirardi. U qo‘lidagi pichoqni bir necha marotaba tanamga sanchdi. Qo‘rqib ketganimdan og‘riqni ham his qilmay, ayolni itarib tashladim. Sakrab turib, chiroqni yoqmoqchi bo‘ldim. Aksiga olib, chiroq ham yonmadi. Keyin ortimga qaytdim-da, uning qo‘lini qayirib, yerga yotqizdim, pichoqni olishga harakat qildim. So‘ng "dada", deb baqirdim. Shu orada dadam yugurib kirdi, men undan chiroqni yoqishni so‘radim. Chiroq yongach, ayolning yuzidagi niqobni yulib oldim... Ne ko‘z bilan ko‘rayki, u rafiqam Husnora ekan. O‘sha paytda yaralanganimni sezmadim, dadamga "Negadir yelkam muzlayapti", dedim. Dadam yelkamdan qon oqayotganini ko‘rib, baqirib yubordi. Uning ovoziga katta akam ham yugurib keldi. Ular ikki kishilashib, Husnoraning qo‘lini bog‘lashdi. Mazam qochganligi uchun meni zudlik bilan shifoxonaga olib ketishdi.

Hayot uchun xavfli, og‘ir shikast yetkazilgan

O‘tkazilgan qo‘shimcha sudga oid tibbiyot ekspertizasining bergan xulosasiga ko‘ra, M.Toshtemirovning tanasidagi tan jarohatlari, ya’ni – o‘ng ko‘krak qafasi orqa yuzasi sanchib kesilgan jarohati,7-qovurg‘a birikkan joyidan o‘ngdan kesilib ketishi,plevra bo‘shlig‘iga o‘tish jarohati o‘tkir kesuvchi sanchuvchi predmetlar bilan yetkazilgan bo‘lishi mumkinligi va og‘irlik darajasiga ko‘ra, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir shikastlar toifasiga kirishligi ko‘rsatilgan. 

Hukm o‘qildi...

Sud jarayonida Husnora Toshtemirova erini o‘ldirish niyati bo‘lmaganligini aytib, yengillik so‘radi. Aslida uning niyati jiddiy bo‘lmaganda yuziga niqob tutib, pichoq bilan qurollanib, yarim kechasi yashirincha kirib kelarmidi?

Sud barcha holatlarni hisobga olib, Toshtemirova Husnoraga O‘z.R.JKning 104-moddasi, 2- qismi "v" bandi bilan 5 (besh) yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Ammo Husnoraning ayol ekanligi, muqaddam sudlanmaganligi, yoshligi va tuman xotin qizlar qo‘mitasining kafolatlari inobatga olinib, unga tayinlangan jazo O‘z.R.JKning 72-moddasini qo‘llagan holda shartli hisoblanib, 3 (uch) yilga sinov muddati belgilandi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudining raisi Shavkat SHAMSHIYEV,

 Jurnalist Lola SHOIMOVA. 

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

"2022 yilda urushni biz boshlaganimiz yo‘q; aslida bu urushni G‘arbning o‘zi boshlagan"

Киев режими дунёдаги энг йирик ҳарбий-сиёсий блок салоҳиятига эга

Rossiyaning Dushanbedagi elchisi TIVga chaqirtirildi

Нашр хабарига кўра, гап Москва вилоятидаги мактабнинг 4-синф ўқувчиси Қобилжон Алиевнинг ўлдирилиши ҳақида бормоқда.

Farg‘onalik tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi

Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.

Yurtimizda adolat peshvolari pora bilan qo‘lga tushdi

Ҳозирда учала адвокатга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.