Yurtimizning 9 ta hududida koronavirus qayd etildi

Yurtimizning 9 ta hududida koronavirus qayd etildi

2020 yil 18 oktyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 63 124 (+129) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 29 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Toshkent viloyatida, 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 9 nafari Andijon viloyatida, 19 nafari Jizzax viloyatida, 14 nafari Namangan viloyatida, 10 nafari Sirdaryo viloyatida, 11 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 60 080 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 519 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!