Yurtimizda qancha ayol "Ayollar daftari"ga kiritildi?

Yurtimizda qancha ayol "Ayollar daftari"ga kiritildi?

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva ma’lum qildi.

Mamlakatda 17 milliondan oshiq xotin-qizlar istiqomat qiladi. Ular deyarli barcha sohalarida faol ishtirok etib, jamiyat va davlat rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Davlat rahbari tashabbusi bilan o‘z vaqtida joriy etilgan “Ayollar daftari”ga xotin-qizlarni kiritish orqali ayollar dardu tashvishlari, ularni o‘ylantirayotgan masalalar hal etilmoqda. Jumladan, 6 mln 385 mingdan ziyod xotin-qizlar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ushbu daftarga 9 ta mezon asosida 433 ming nafari kiritildi. Ularning:

▫️253 ming nafari – ishsiz sifatida;
▫️44 ming  nafari – tibbiy;
▫️48,5 ming nafari – huquqiy va psixologik yordamga muhtoj sifatida;
▫️37 ming nafari – boquvchisini yo‘qotgan;
▫️33,5 ming nafari – nogironligi bo‘lgan;
(shundan 4,5 ming – uy-joyini ta’mirlashga muhtoj) ;
▫️9 ming nafari – noturar joyda yashovchi;
▫️8 ming nafari – nogironligi bo‘lgan farzandini tarbiyalayotgan yolg‘iz ayollar sifatida ro‘yxatga olingan. 

Ayni vaqtga qadar mazkur ro‘yxatdagi 80 mingdan ortiq ayolning aniqlangan muammolari o‘rnatilgan tartibda hal etilgan.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan ayni paytda manfaatdor vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda daftarga kiritilgan xotin-qizlar orasidagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan 15 665 nafar ayollarning tadbirkorlik ko‘nikmasi hamda moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida “Motivasiya, ko‘nikma va moliyaviy ko‘mak” tamoyili asosida ish olib borilmoqda. Xususan, Xalq banki bilan hamkorlikda ayollar tadbirkorligiga mos bo‘lgan 60 ta namunaviy “biznes reja”larni ommalashtirish ishlarini yo‘lga qo‘yilmoqda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!