Yurtimizda koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Yurtimizda koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli haqida ma’lumot berildi

«Koronavirusga chalingan bemorlarning 17 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli og‘ir, ikki nafari esa nisbatan og‘ir deb baholanmoqda.

Vaziyat murakkablashib borayotganini hali to‘liq anglab yetmadik, chamasi. Haligacha karantin talablarini buzayotgan, bemaqsad ko‘chalarda kezib yurish, tibbiyot xodimlarining tavsiyalariga amal qilmaslik holatlari uchrab turibdi.

Ming afsuski, kasallik alomatlari kuzatilsada, beparvolik bilan qarab, o‘z vaqtida shifokorlarga murojaat qilmay, ahvoli og‘irlashgandan keyin shifoxonaga murojaat qilayotganlar ham bor», — Nurmat Otabekov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!