Yurtimiz bo‘ylab yana 108 kishida koronavirus aniqlandi

Yurtimiz bo‘ylab yana 108 kishida koronavirus aniqlandi

🔺2020 yil 30 sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 825 (+108) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌 83 nafari Toshkent viloyatida, 
📌25 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

📊E’tiborli jihati, bugun:
 📌Toshkent shahrida 282 nafar,
📌 Toshkent viloyatida 90 nafar, 
📌Namangan viloyatida 27 nafar, 
📌Jizzax viloyatida ham 27 nafar, 
📌Andijon viloyatida 20 nafar, 
📌Samarqand viloyatida 12 nafar, 
📌Xorazm viloyatida 9 nafar, 
📌Navoiy viloyatida 8 nafar,
📌 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida 4 nafardan bemor tuzaldi. 

🟢Shunday qilib yurtimizda 53 457 (+487) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

❗️Hozirda mamlakatimizda 2 898 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!