Yurgen Klopp orden bilan taqdirlandi

Yurgen Klopp orden bilan taqdirlandi

«Liverpul» sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘z mamlakatida orden bilan taqdirlandi.

Bild xabariga ko‘ra, Yurgen Klopp Germaniya birligi kuniga bag‘ishlangan marosimda «Germaniya oldidagi xizmatlari uchun» unvoni bilan taqdirlangan.

Murabbiyga davlat ordenni Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Klopp 2008-2015 yillar davomida «Borussiya»ni boshqargan bo‘lsa, 2015 yildan 2024 yilga qadar «Liverpul»da muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!