Yuqorichirchiqda suv toshqinlari 25 ta xonadonga kirib bordi

Yuqorichirchiqda suv toshqinlari 25 ta xonadonga kirib bordi

Kecha, 14 may kuni taxminan soat 18:20 larda Toshkent viloyati hududi bo‘ylab qisqa muddatda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi. Bu xaqda FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Natijada viloyatning Yuqorichirchiq tumani “Navbahor” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Yayilmasoy” soyi o‘zanida yomg‘ir suvlari toshishi sodir bo‘lib, “Obod turmush” ko‘chasida joylashgan taxminan 25 ta aholi xonadonlari, tomorqa yer maydonlariga suv kirishi kuzatilgan.

Sodir bo‘lgan hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limi, Yuqorichirchiq tumani Favqulodda vaziyatlarda Davlat tizimiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning kuch vositalari jalb etilib, aholi xonadonlarida suv tortish ishlari olib borildi. Hozirda toshqin suvlari talofatlari bartaraf etilgan.

Yuzaga kelgan hodisa natijasida “Navbahor” mahallasi “Obod turmush” ko‘chasi hududidagi poydevorga ega bo‘lmagan xom g‘ishtdan qurilgan xonadon binosiga zarar yetgan.

Mazkur xolat oqibatida fuqarolarning tan jaroxati olishi va uy xayvonlari nobud bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!