Yunusobodda tushirilayotgan shlagbaumga e’tibor bermagan ikki haydovchi YTHga uchradi

Yunusobodda tushirilayotgan shlagbaumga e’tibor bermagan ikki haydovchi YTHga uchradi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida “Neksiya” va “Lasetti” avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati YTH haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 10 yanvar kuni taxminan soat 17:30larda Yunusobod tumanidagi “Lokomotiv” bog‘i yonida “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi, 30 yoshli E.K. kutilmagan harakat sababli 32 yoshli O‘.T. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. 

Xabarda ta’kidlanishicha, YTHdan oldin ikkala haydovchi ham temir yo‘l svetoforining taqiqlovchi belgisini va tushirilayotgan shlagbaumni mensimagan.

Tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ikkala haydovchi ham hushyor bo‘lishgan. Voqea sababli hech kim jabr ko‘rmadi.

Mazkur fakt asosida YHXB xodimlari tomonidan ikkala haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!