Yunusobodda 17 yoshli yigit hayotdan ko‘z yumdi

Yunusobodda 17 yoshli yigit hayotdan ko‘z yumdi

2021 yil 26 iyul kuni taxminan soat 18:30 da Yunusobod tumani Yangi Yunusobod ko‘chasida 1993 yilda tug‘ilgan Sardor X. “Nexia-2” (davlat raqami 10 V 568 VA) boshqarish davomida yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda - 2004 yilda tug‘ilgan Amir T. badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildi, ammo tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan, hayotdan ko‘z yumdi. Marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz.

Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!