YPX xodimlarining ko‘krak nishoni yangilandi

YPX xodimlarining ko‘krak nishoni yangilandi

Ma’lum qilinishicha, ko‘krak nishon belgisi oltin rangli, qalqon ko‘rinishida, alyuminiy metalidan tayyorlangan. Asos IIV emblemasi, hududiy kod va raqamlardan iborat.

Nishon markazida IIV emblemasi joylashtirilgan. Emblemaning yuqori va pastki qismida esa O‘zbekiston Respublikasi va Ichki ishlar vazirligi yozuvlari bor. Eng yuqori qismida 8 qirrali yulduz, yarim oy va 5 qirrali yulduz joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, pastki qismida joylashgan ko‘krak nishon belgisining kodi: 2 xonali harf va 4 xonali raqamdan iborat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!