Yozgi Osiyo o‘yinlari g‘oliblari 5 ming dollargacha rag‘batlantiriladi

Yozgi Osiyo o‘yinlari g‘oliblari 5 ming dollargacha rag‘batlantiriladi

Yozgi Osiyo o‘yinlari g‘oliblari 5 ming dollargacha rag‘batlantiriladi

“2022 yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–234-son, 05.05.2022 y.) qabul qilindi.

✅ Qarorga ko‘ra, mazkur Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlashning ustuvor vazifalari belgilandi.

🔰 Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindorlar, ularning trenerlari quyidagicha rag‘batlantiriladi:

🔘 G‘olib va sovrindorlar:

▫️oltin medal uchun – 5 000 AQSh dollari;
▫️kumush medal uchun – 3 000 AQSh dollari;
▫️bronza medal uchun – 2 000 AQSh dollari;

🔘 G‘olib va sovrindorlarni tayyorlagan trenerlar:

▫️oltin medal uchun – 2 500 AQSh dollari;
▫️kumush medal uchun – 1 500 AQSh dollari;
▫️bronza medal uchun – 1 000 AQSh dollari;

🔘 boshqa mutaxassislar (shifokor, diyetolog, massajist va boshqalar):

▫️oltin medal uchun – 2 000 AQSh dollari;
▫️kumush medal uchun – 1 000 AQSh dollari;
▫️bronza medal uchun – 500 AQSh dollari miqdorida bir martalik pul mukofotlari.

➡️ Bundan tashqari, g‘olib va sovrindorlar, trenerlar qo‘shimcha ravishda mahalliy byudjetdan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🔘 G‘olib va sovrindorlar:

▫️oltin medal uchun – BHMning 300 baravari;
▫️kumush medal uchun – BHMning 200 baravari;
▫️bronza medal uchun – BHMning 100 baravari miqdorida;

🔘 G‘olib va sovrindorlarni tayyorlagan trenerlar:

▫️oltin medal uchun – BHMning 200 baravari miqdorida;
▫️kumush medal uchun – BHMning 100 baravari miqdorida;
▫️bronza medal uchun – BHMning 50 baravari miqdorida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!