"Yoshsaylovchi.uz" platformasi ishga tushdi

"Yoshsaylovchi.uz" platformasi ishga tushdi

Bu yil O‘zbekistonda muhim siyosiy jarayon — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Bunda 6 993 924 nafar saylovchi yoshlar ishtirok etadilar. Shundan 880 155 nafari ilk marta saylovda ishtirok etadigan yoshlardir.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning huquqiy savodxonligini, elektoral madaniyatini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida yoshsaylovchi.uz platformasi ishga tushdi. Bu haqda Alisher Sa’dullayev ma’lum qildi.

Mazkur platforma orqali saylov jarayoni haqida zarur ma’lumotlarni olish, saylov uchastkasini aniqlash mumkin. Shuningdek, saytdan ro‘yxatdan o‘tgan holda saylovda volontyor yoki trener sifatida ishtirok etish imkoni ham yaratilgan.

«Eng muhimi, yoshlarimizning saylovda to‘g‘ridan to‘g‘ri jarayonni kuzatishlari, xorijiy ekspertlar va vakillar bilan birgalikda tajriba orttirishlariga juda yaxshi imkoniyat bor. Ayniqsa, bu xorijiy tillarni bilgan yoshlarimizga zo‘r tajriba maydoni bo‘ladi. Buning uchun saytdan ro‘yxatdan o‘tgan holda saylovda volontyor yoki trener sifatida ishtirok etish imkoni yaratilgan», deb yozadi Alisher Sa’dullayev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!