AQSh Eronga urushni yakunlash uchun 15 banddan iborat talab va takliflarni yuborgan
AQSh Eronga urushni yakunlash uchun 15 banddan iborat talab va takliflarni yuborgan — The New York Times.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington va Tehron o‘rtasida vositachi sifatida Pokiston armiyasi Bosh shtabi boshlig‘i Sayyid Asim Munir ishtirok etgan bo‘lib, u Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bilan aloqalarga ega.
Qo‘shma Shtatlarning Eronga qo‘ygan talab va takliflari quyidagilardan iborat:
1. Eronga qarshi barcha sanksiyalarni bekor qilish;
2. AQSh tomonidan fuqarolik yadroviy dasturini (elektr energiyasi olish uchun) rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash;
3. Sanksiyalar qayta joriy etilmasligiga kafolat berish;
4. Eronning yadroviy dasturini belgilangan cheklovlar doirasida to‘xtatib turish;
5. Eronga tegishli boyitilgan uranni kelishilgan nazorat ostida va muayyan hajmda saqlash;
6. Raketa dasturini keyingi bosqichda soni va masofasi bo‘yicha cheklovlar bilan qayta ko‘rib chiqish;
7. Yadroviy texnologiyalardan fuqarolik va noharbiy maqsadlardan tashqari foydalanishni cheklash;
8. Mavjud yadroviy salohiyatni rivojlantirishni to‘xtatish;
9. Uranni boyitish quvvatlarini kengaytirishni taqiqlash;
10. Eron hududida qurol sifatida foydalaniladigan yadroviy material ishlab chiqarishni taqiqlash;
11. Barcha boyitilgan materialni kelishilgan jadval asosida Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikka topshirish;
12. Natanz, Isfahon va Fordodagi yadroviy ob’ektlarni yo‘q qilish;
13. Xalqaro monitoring va tekshiruv mexanizmlarini joriy etish;
14. Rejaning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kelishuvlarga rioya etilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi kerak;
15. Tomonlar o‘rtasida xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha mintaqaviy kelishuvlar tuzish.
