“Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati filialining sobiq boshlig‘i 1,8 mlrd so‘mni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda

“Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati filialining sobiq boshlig‘i 1,8 mlrd so‘mni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda

“Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi viloyat filialining sobiq boshlig‘i Qarshi shahridagi faoliyat ko‘rsatuvchi MCHJ rahbari bilan jinoiy til biriktirib, o‘ziga ishonib topshirilgan va ixtiyorida bo‘lgan “YOSHLAR-KELAJAGIMIZ” jamg‘armasi viloyat filialining 1 mlrd. 800 mln so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167- va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dastlabki tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergovning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
Tergov yakuni bo‘yicha batafsil axborot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!