«Yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish» – Toshkentdagi fotoko‘rgazma ochilish marosimi

«Yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish» – Toshkentdagi fotoko‘rgazma ochilish marosimi

Bugundan boshlab Toshkent Fotosuratlar uyida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegasiyasi tomonidan tashkil etilgan «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash: Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston hamkorligining siymolari» fotoko‘rgazmasini tomosha qilish mumkin. Ko‘rgazmaning «Porloq kelajak uchun barmoq izingizni qoldiring» shiori O‘zbekiston yoshlarini porloq – yashil, yanada inklyuziv va raqamli kelajakga chaqiruvchi elchilar bo‘lishga chaqiradi.

Ko‘rgazmada O‘zbekistonning 34 nafar yosh fuqarolari, ya’ni talabalar, chegarachilar, tikuvchilar, energetika mutaxassislari, o‘qituvchilar, muhandislar, huquq himoyachilari, qishloq xo‘jaligi mutaxassislari va mamlakatimizda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha va dasturlarning bir qismi bo‘lgan boshqa ko‘plab yoshlar ishtirok etmoqda.

«O‘zbekiston yoshlari Yevropa Ittifoqining mamlakatdagi iqlim o‘zgarishi va ijtimoiy muammolarni hal qilishga ko‘maklashishdan tortib, hamma uchun bo‘lgan inson huquqlari uchun kurashish va mamlakatning barqaror, innovasion rivojlanishiga o‘z ijodkorligi bilan hissa qo‘shish kabi barcha faoliyatlarning muhim ishtirokchilaridir. Ko‘rgazmada Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston hamkorligi siymolari o‘zbek yoshlarining kichik bir qismi bo‘lsada, ular yoshlarning mamlakat kelajagiga bergan va’dalari va ulkan salohiyatining yorqin tasvirini taqdim etmoqda. Ushbu ko‘rgazma bizga O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi rivojlanishning ayrim muhim yo‘nalishlari, jumladan, ta’lim, savdo va iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha o‘sib borayotgan aloqalarni sarhisob qilish va e’tirof etish imkoniyatini berdi», belgilab o‘tdi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian.

Bu yil Yevropa Yoshlar yili bo‘lib, u yoshlarning mahalliy va global muammolarni hal qilish kabi, ayniqsa pandemiyadan keyingi davrda jamiyatlarimiz va iqtisodiyotimizga o‘zgartiruvchi ta’sirini alohida ta’kidlaydi. «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash: Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston hamkorligining siymolari» ko‘rgazmasi may oyi davomida Yevropa kuni doirasidagi yirik tadbirlarning bir qismidir.

«Ushbu fotoko‘rgazma yoshlarga kuch berish va ularning kelajagini o‘z qo‘llariga olish, mehnatsevarlik bilan birga jamiyatga xizmat qilish va eng muhtojlarga yordam berish haqida ham muhim hikoyalar bilan bo‘lishadi. Umid qilamanki, ushbu ko‘rgazma qahramonlari hikoya qilgan voqealar mamlakatimizning yoshlariga farovon kelajagi yo‘lida o‘z izlarini qoldirishlari uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘rgazmani Toshkent Fotosuratlar uyida o‘tkazish biz uchun sharafdir», O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi Feruza Abdullayevna Obidjonova.

«Yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish» – Toshkentdagi fotoko‘rgazma ochilish marosimi«Yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish» – Toshkentdagi fotoko‘rgazma ochilish marosimi«Yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish» – Toshkentdagi fotoko‘rgazma ochilish marosimi

Ushbu ko‘rgazma ustida ishlash taniqli o‘zbek foto-sur’atchi Muhiddin Ali zimmasiga qo‘yilgan. Fotoko‘rgazmani Toshkent Fotosuratlar uyida 26 may, payshanba kuniga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha ko‘rish mumkin.

Evropa kuni tadbirlari haqida batafsil ma’lumotni Yevropa Ittifoqi delegasiyasining ijtimoiy tarmoqlari – Facebook, Instagram va Telegram orqali topishingiz mumkin. Yevropa Ittifoqining global Yevropa Yoshlar yili faoliyati haqida batafsil ma’lumotni Yevropa Ittifoqining https://europa.eu/youth/year-of-youth_en veb-saytida topishingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!