Yomg‘ir, shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

Yomg‘ir, shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

O‘zgidromet dam olish kunlarida kuzatiladigan ob-havo prognozlarini e’lon qildi.

Xususan, 21 sentyabr kuni Turkmaniston hududidan issiq havo oqimi kelishi davom etadi. Havo kambulutli bo‘ladi. Havo harorati 36-38 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. 

Yakshanba kuni respublikaning shimoliy qismiga, dushanba kuni esa mamlakatning aksariyat hududlariga Janubiy Qozog‘iston tumanlaridan nam va salqin havo massasi kirib keladi.

22 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida, 23 sentyabr kuni Toshkent viloyatida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol tezligi soniyasiga 15-20 metrni tashkil qiladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!