Yoga - muslima ayollar uchun emas!

Yoga - muslima ayollar uchun emas!

Juda ko‘p muslimalar sport bilan shug‘ullanishda hozir ommabop bo‘lib ketgan pilates va ajablanarlisi avvaldan majusiylik amaliyotlari bilan bog‘liq sog‘lomlashtirish mashqlarining bir turi bo‘lgan yogani tanlashmoqda. Shu bois siz azizlarni Whole Woman (wholewoman.com) saytida nashr qilingan bir maqola bilan tanishtirishni ma’qul deb bildik.

Bu saytda ayollar orasida ko‘p uchraydigan bel a’zolari kasalliklarini xavfsiz va to‘g‘ri davolash yo‘llari ko‘rsatilgan. Bu usul bilan davolash muallifi Kristian Kentdir. 2003 yili u «Saving the Whole Woman» («Ayolni asl holatda saqlash») deb nomlangan kitob chiqargan. Mazkur kitob juda ko‘p ayollarni samarasi kam bo‘lgan va jarrohlik amaliyotisiz salomatlik borasidagi muammolarni yechishga yordamchi bo‘ldi.

Demak, ushbu saytda yoga va pilates haqida quyidagi mazmunda so‘zlar aytilgan:

"Yoga (xatxa yoga - nazarda tutilmoqda) bilan erkaklarga qaraganda ayollar ko‘proq shug‘ullanishadi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan,  yoga erkaklar uchun erkaklar tarafidan, ya’ni erkak tanasini sog‘lomlashtirish uchun ixtiro qilinganini aksar ayollar bilmaydilar. Yoga ixtiro qilingan Hindistonda yigirmanchi asr boshlarigacha ayollar umuman yoga bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yilmagan".

Yoga bilan shug‘ullanish foyda bersa hamki, biron bir murabbiy yoki biron bir sog‘lomlashtirish dasturida ayollarning fiziologik jihatlari e’tiborga olinmagan. Shuning uchun ham yoga mashqlarining badanni tutish holatlari ayol organizmiga zarar keltiradi.

Yoga bilan shug‘ullanayotgan juda ko‘p ayollar bizga qo‘ng‘iroq qilishadi, ularning orasida murabbiylar ham bor. Ular o‘zlarining bel a’zolari pastga tushib ketganini bilib, hayron qolishadi. "Axir, bunday bo‘lishi mumkin emas, men 30 yildan beri yoga bilan shug‘ullanib kelaman", deya ajablanishadi.

Birinchidan, siz tanangiz o‘tmas burchak (tupoy ugol) hosil qiladigan har qanday shaklidan saqlanishingiz kerak, ya’ni oyoqlar orasi va tana 90 gradusdan oshmasligi kerak.

Pilatesda ham shunga o‘xshash shakllardan foydalanishadi.

Ommabop bo‘lib ketgan mashqlarning asoschisi Jo Pilates ham erkak bo‘lgani ma’lum. Erkaklar uchun ishlagan narsa ayollar uchun ham, albatta, ishlaydi degani emas. Bizning umurtqa suyaklarimiz va gavda tuzilishimiz turlicha. Bundan tashqari, bizning anatomiyamiz ham turli xil, qorin bo‘shligidagi ichki a’zolar ham turlicha joylashgan.

Pilates «yadro» kuchini rivojlantiradi (qorinning chuqur tarafidagi mushaklari orqali). Biroq, erkak va ayollarning "yadro"lari har xildir. Ayollar "yadro"si dumg‘aza suyagi darajasida joylashgan, chunki ayollar tanasining tortish (gravitasiya) markazi erkaklarnikiga qaraganda pastroq joylashgan. Shunday ekan pilatesdagi "yadro"ni kuchaytirish ayollarga zarar keltiradi, ya’ni ayollar salomatligi uchun zarur bo‘lgan qorin mushaklarini bo‘sh turishiga yo‘l bermaydi".

Maqolani tarjima qilgan muallifning yana qo‘shimcha qilishicha, u tarafidan ayollar uchun yangi yoga mashqlari ishlab chiqilganmish.

Biroq biz boshqa turdagi mashqlarni tanlashingizni tavsiya qilamiz. Chunki yoga asanalari va uning falsafasi hinduizm va buddizm bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir va hurmatli ulamolarimiz ham yoga bilan shug‘ullanishni shubhali deb bilishadi.

Malika Umm Yahyo
Abu Muslim tarjimasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!