Saudiya Arabistoni O‘zbekistondan kamida 20 ming nafar kishini ishga jalb qilish niyatini bildirdi. Mazkur masala ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik doirasida muhokama qilindi.
Saudiya Arabistoni O‘zbekistondan kamida 20 ming nafar mehnat migrantini ishga jalb qilish niyatini bildirdi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu bayonot vazir Botir Zahidovning Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf bin Solih al-Utaybiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi doirasida bildirilgan.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, gumanitar hamda mehnat migrasiyasi sohalaridagi hamkorlikning joriy holati, erishilgan natijalar va kelgusidagi istiqbollar muhokama qilindi.
Shuningdek, parvarish xizmati hamda texnik mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha vazirlik tashabbuslari taqdim etildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.