Yashirilgan metall noqonuniy olib chiqish uchun ko‘zlangan edi

Yashirilgan metall noqonuniy olib chiqish uchun ko‘zlangan edi

Bojxona xodimlari tomonidan tovarning noqonuniy kirib kelish yoxud bojxona organlariga olib o‘tilayotgan tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotni, shu jumladan ularning nomi, miqdori, vazni va yuklar qiymati, tegishli tovar kodlari haqidagi ma’lumotlarni noto‘g‘ri deklarasiyalash holatlari aniqlanmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan, qushni davlatdan yurtimizga o‘tish uchun “Bekobod” temir yo‘l chegara bojxona postiga kirib kelgan tovarlar ortilgan temir yo‘l tarkibi, “Bekobod sement” aksionerlik jamiyat tashkiloti hududida joylashgan tarozi nazorat o‘lchov vositasi bilan bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, yo‘l yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan tovar vaznidan ortiq bo‘lgan, umumiy qiymati 146 mln. so‘mlik, 48 ming kg ziyod "qora metalllarning parchalari va chiqindilari" borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlar olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!