Yaponlar o‘zimizning sandaldan nusxa olib, yangi ixtiro yaratdi (FOTO)

Yaponlar o‘zimizning sandaldan nusxa olib, yangi ixtiro yaratdi (FOTO)

Mashhur «Kavkaz asirasi» filmida raisning shunday so‘zlari bor: «Tovba, o‘lay agar alam qiladi, o‘lay agar alam qiladi...» Yaqinda rus saytlaridan birida «Vot eto stol. Pod nim lejat!» degan maqolani o‘qib chiqqach, rostdanam «o‘lay agar», rosa alam qildi.

Maqolada yozilishicha, yaponlar bir stol ixtiro qilishibdi. Nomi – Kotasu. Uyni to‘liq isitish imkoni bo‘lmaganda, yaponlar kotasudan foydalanishar ekan. Bu  shunday stolki (stol ham emas, o‘zimizning xontaxta!), atrofiga odeyalo (o‘zimizning ko‘rpa!) «tikib» chiqishibdi xolos. Ishonmasangiz, mana, suratga qarang.

Yaponlar juda aqlli xalq. Juda. Lekin bizning ota-bobolarimiz bir necha yuz yillar avval ishlatib kelgan oddiygina SANDALimizni shundoq ko‘chirib olib, nomini «kotasu» deb nomlab, dunyoga yoyishayotgani alam qilyapti-da!

O‘ylab qolaman, balki ular bizda sandal borligini bilishmas, bilmasdan turib o‘zlari shunday moslamani o‘ylab topishgandir, ammo biz ulardan oldinroq sandalimizni ko‘z-ko‘z (o‘zi «reklama» so‘zining o‘zbekcha chiroyli talqini bu «ko‘z-ko‘z»!) qilmaganimizga achinyapman...

Nimayam derdik, ustoz Abdulla Oripov aytganlaridek: «Kolumbda bor alamim manim...»

Erkin SATTOROV.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!