Yaponiya va Buyuk Britaniya kosmik hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzoladi

Yaponiya va Buyuk Britaniya rasmiylari koinotda hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi.
“Britaniya (Mayk Uigston) va Yaponiya Havo o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari (Syundzi Idzusu) rahbarlari koinot sohasida kelajakdagi hamkorlikni belgilovchi kelishuvni imzoladilar”, — deyiladi Britaniya hukumati saytida.
Ta’kidlanishicha, kelishuv operativ ma’lumotlar almashinuvi, qo‘shma manevrlar va xodimlar almashinuvini nazarda tutadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)