Yaponiya va AQSh "Tayvan bo‘g‘ozida tinchlikni saqlashga" kelishib oldilar

Yaponiya va AQSh "Tayvan bo‘g‘ozida tinchlikni saqlashga" kelishib oldilar

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi bilan uchrashuvda Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlikni saqlash bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi, deb xabar bermoqda yapon matbuoti.

“Shuningdek, biz Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun yaqin hamkorlikni davom ettirishni yana bir bor tasdiqladik”, - dedi Kisida uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga.

Bosh vazir Tokio Xitoyning o‘quv mashg‘ulotlari va raketa uchirilishini qoralaganini aytdi.

“Men spiker Pelosiga Xitoy ballistik raketalarining Yaponiya suvlari yaqiniga, jumladan, eksklyuziv iqtisodiy zonaga kelib tushishi milliy xavfsizligimizga tahdid solayotgani va Yaponiya bunday harakatlarni keskin qoralagani haqida ma’lum qildim”, — dedi Kisida.

Uning ta’kidlashicha, Xitoyning xatti-harakati "mintaqa va undan tashqarida tinchlik va barqarorlikka" jiddiy ta’sir qiladi.

Pelosi payshanba kuni Janubiy Koreyaga tashrif buyurganidan keyin Yaponiyaga keldi va u yerda Shimoliy Koreyaning yadrosizlanishini qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!