Yaponiya Rossiyaning Ukrainaga qarshi yadro qurolidan foydalanilishi ehtimolidan xavfsiramoqda

Yaponiya Rossiyaning Ukrainaga qarshi yadro qurolidan foydalanilishi ehtimolidan xavfsiramoqda

Tokioda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Xirokazu Masuno yapon hukumati Rossiyaning Ukrainaga qarshi yadro qurolidan foydalanilishi mumkinligidan xavotir bildirdi.

“RF Prezidenti Putin 21 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qildi, Rossiya o‘z hududiy yaxlitligi va xalqini himoya qilish uchun barcha vositalarni ishga solishga tayyorligini ta’kidladi. Bu yadro quroli bo‘lishi mumkin. Ayni vositadan jabr ko‘rgan yagona davlat sifatida Yaponiya Rossiyaning bu turdagi qurolni qo‘llashi tahdidi va ehtimolini nomaqbul hisoblaydi”, dedi Masuno.

21 sentyabr kuni Putin mamlakatda qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzolagan va davlatini himoya qilish uchun barcha vositalarni ishga solishini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!