Migrasiya agentligi va Yaponiyaning Proud Partners kompaniyasi o‘zbekistonlik haydovchilarni yuk yetkazib beruvchi sifatida ishga taklif etmoqda.
Ma’lum qilinishicha, yuk yetkazib beruvchi haydovchi sifatida ishlash uchun 200 ta ish o‘rni mavjud bo‘lib, 1200-2000 AQSh dollarigacha oylik maosh beriladi (ko‘tarilishi ham mumkin). Belgilangan ish vaqtidan tashqari ishlangan soatlarda yanada yuqori daromad olish imkoniyati mavjud. Ish unumdorligiga qarab yiliga ikki marta moddiy rag‘batlantirish ham ko‘zda tutilgan.
Ish smenali bo‘lib, ish beruvchi kompaniyaga qarab farq qiladi. Turar joy ish beruvchi tomonidan beriladi va ish haqidan ushlab qolinadi (o‘rtacha 200 AQSh dollari). Fuqarolarga aviachipta xarajatlari qoplanadi, ishchi viza rasmiylashtiriladi (xarajat kompensasiya qilinadi), tibbiy va ijtimoiy sug‘urta bilan ta’minlanadi.
Unda BC (C toifani olganiga 3 yil bo‘lgan) toifadagi haydovchilik guvohnomasi bor, 21-35 yosh oralig‘idagi haydovchilarishlashi mumkin. Buning uchun talabgorlar 2026 yil aprel oyida boshlanadigan Toshkent viloyati Angren shahridagi 8 oylik bepul o‘quv kurslarida ishtirok etishi lozim (bepul yotoqxona bilan ta’minlanadi). 30 martdan 3 aprelgacha Proud Partners kompaniyasi tomonidan onlayn suhbat o‘tkaziladi. Yapon tilini biladiganlarga ustunlik beriladi.
Har bir nomzod Migrasiya agentligining Xorijda ish platformasidan ro‘yxatdan o‘tadi. Talablarga to‘g‘ri keladiganlarga Migrasiya agentligi xodimi bog‘lanadi va sms yuboriladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
ESPN телеканалининг Британия таҳририяти журналисти Марк Огден Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановнинг «Манчестер Сити»даги ўсишини юқори баҳолади.
Эрон Қатарнинг QatarEnergy компанияси объектларига қарши замонавий маневр қилувчи ракеталарни қўллади, улар Patriot ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимларини четлаб ўтишга қодир.
АҚШ ва Исроил Эронга қарши кенг кўламли уруш бошлаганидан йигирма кундан зиёд вақт ўтган бир паллада Қўшма Штатлар ҳарбийлари орасида ташвиш ва хавотир кучаймоқда, деб ёзмоқда HuffPost нашри.
Эрон ахборот агентлиги Тасним хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Доналд Трамп учун бир нечта сюрпризлар тайёрлади, улар яқин кунларда эълон қилинади.
Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.