Livan: Eron «Hizbulloh» orqali mamlakatni urushga tortib kiritdi
Livan bosh vaziri Navaf Salam Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi mamlakat hududida Hizbulloh harakati operasiyalarini boshqarayotganini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, aynan “Hizbulloh” raketa hujumlarini boshlab, Livanni urushga tortib kiritgan. Salamga ko‘ra, mojaro 28 fevral kuni zarbalarning birinchi kunida Ali Xamenei halok bo‘lgani haqidagi xabarlarga javob sifatida taqdim etilgan.
«Bu urush bizga majburlab yuklatildi», — dedi u.
Salam, shuningdek, Eron kuchlari Livanda mavjud ekanini va «afsuski, harbiy operasiyalarni boshqarayotganini» ta’kidladi. Ularning mamlakatga soxta pasportlar bilan kirib kelgani aytildi.
Bosh vazirga ko‘ra, Kipr dagi Britaniya harbiy bazasiga uchirilgan dronlar ham Livan hududidan yo‘lga qo‘yilgan. «Ular bu hujumlarga aloqador va harakatlarni muvofiqlashtirmoqda», — dedi u.
Avvalroq Kipr hukumati ham zarba ehtimolan Livan hududidan amalga oshirilganini bildirgan edi. Salamning fikricha, Eron va “Hizbulloh”ning qo‘shma harakatlari haqidagi ma’lumotlar Tehronning yetakchi rolini tasdiqlaydi.
Livan hukumati joriy oyda Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi faoliyatini taqiqladi, shuningdek “Hizbulloh”ning harbiy faoliyatini to‘xtatib, uni qurolni davlatga topshirishga chaqirdi.
«Biz qabul qilingan qarorlarga sodiqmiz va ularni amalga oshirish ustida ishlayapmiz», — dedi bosh vazir.
