Nufuzli nashri Husanovning finaldagi o‘yinidan hayratda qoldi
Ommabop Topskills Sports UK X-akkaunti O‘zbekiston terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanovning erishayotgan yutuqlarini yuqori baholadi.
«Tasavvur qiling, siz futbol hali rivojlanayotgan mamlakat — O‘zbekistondansiz. O‘z vataningizda atigi bir mavsum professional darajada to‘p surib, 19 yoshingizda Liga 1 vakili "Lans"ga o‘tdingiz.
So‘ngra, ingliz tilida birorta so‘z bilmasdan turib, "Manchester Siti" bilan shartnoma imzoladingiz va Pep Gvardiolaning o‘ta talabchan uslubiga zudlik bilan moslashishga majbur bo‘ldingiz.
Abduqodir Husanov "Uembli"da o‘tgan Angliya liga Kubogi finalida asosiy tarkibda maydonga tushdi, jamoasi darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, maydondagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri bo‘ldi va Viktor Dyokereshni butunlay zararsizlantirdi.
Va bularning barchasi uch yildan kamroq vaqt ichida sodir bo‘ldi. Aql bovar qilmas parvoz», — deyiladi nashr xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Angliya liga Kubogi finalida «Manchester Siti» Londonning «Arsenal» jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu sovrin Abduqodir Husanov uchun «shaharliklar» safidagi birinchi titil bo‘ldi.
