Yaponiya Rossiyaning 11 nafar jismoniy shaxsi va 42 kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi
Yaponiyaning yangi sanksiyalari Markaziy saylov komissiyasi, OAJ Tupolev va Mikron rahbariyatiga ta’sir qiladi.
Yaponiya hukumati Rossiya fuqarolari va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasi ma’lum qildi.
Xususan, cheklovlar Rossiya Federasiyasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi Natalya Budarina va komissiyaning yana besh nafar a’zosiga, shuningdek, Taktik-raketa qurollari korporasiyasi rahbari Boris Obnosov va «Uralvagonzavod» bosh direktori Aleksandr Potapovga tegishli. Yangilangan ro‘yxatda jami 11 kishi bor.
Bundan tashqari, «S.V.Ilyushin» aviakompaniyasi, «Tupolev» OAJ, «Alrosa», «Mikron», Rossiya Federal yadro markazi va boshqa 37 ta Rossiya tashkilot va kompaniyalariga nisbatan cheklov choralari joriy etilmoqda.
Rossiyaga qarshi chora-tadbirlar doirasida Tokio Xitoy, BAA, Hindiston, Qozog‘iston va O‘zbekistonning 11 ta xorijiy kompaniyasiga ham sanksiyalar kiritmoqda, deb xabar beradi «TASS» .
Avvalroq Yevropa Ittifoqi davlatlarining doimiy vakillari Rossiya Federasiyasiga qarshi 14-sanksiya paketi bo‘yicha kelishib olgani ma’lum bo‘lgan edi. Yevropa Ittifoqi rossiyalik importerlarning G‘arb texnologiyalariga kirishini cheklashga harakat qiladi . Bundan tashqari, sanksiyalar qo‘shimcha energiya daromadlarini cheklashga qaratilgan bo‘ladi