Yaponiya Bosh vaziri o‘g‘lini iste’foga chiqarmoqda

Yaponiya Bosh vaziri o‘g‘lini iste’foga chiqarmoqda

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisidaning to‘ng‘ich o‘g‘li Syotaro Kisida 1 iyun kuni otasiga kotiblik lavozimidan ozod etiladi. Shu bilan birga u davlat g‘aznasiga ishdan bo‘shatilishi bilan bog‘liq va boshqa to‘lovlarni qaytarishi shart. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Xirokazu Masuno ma’lum qildi.

Bu masaladan Syotaroning xabari bor. Avvalroq Bosh vazir o‘g‘liga “keskin ogohlantirish” bergan, biroq bu chora muammoni yumshata olmadi. “Yomiuri” gazetasi yozishicha, ushbu iste’fo orqali Fumio Kisida mahkamaga yetkazilgan zararni kamaytirishga urinmoqda.

Nashr so‘rov natijasida aniqlangan holatga, ya’ni hukumatning qo‘llab-quvvatlash salohiyati pasayib ketganiga ishora qilgan. To‘g‘ri, bu ko‘rsatkich Xirosimada Bosh vazir uchun ancha muvaffaqiyatli o‘tgan “katta yettilik” sammitidan keyin oshdi.

Bosh vazir o‘g‘li bilan bog‘liq voqea 2022 yil dekabrda “Shukan Bunshun” haftaligida chop etilgan maqoladan keyin boshlandi. Muxbir hukumat rahbari o‘z qarorgohiga o‘nga yaqin qarindoshi va tanishini taklif qilganini yozgan. Yaqinlar binoning qizil gilam to‘shalgan zinasida suratga tushgan. Odatda, bu yerda Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi – hukumat a’zolari, Imperator tomonidan tasdiqlangandan keyin suratga olinar edi.

Kisidaning to‘ng‘ich o‘g‘li haqidagi shov-shuvli xabarlar matbuotda chiqishi shu bilan to‘xtagani yo‘q. Yanvar oyida Syotaro rasmiy diplomatik avtomobildan sayohat maqsadida foydalanish, shuningdek, xorijda noqonuniy xarid qilishda ham ayblangan.

Kichik Kisida o‘tgan yil oktyabr oyida otasining siyosiy kotibi etib tayinlangan. Yaponiya hukumati rahbarining turli sohalar bo‘yicha sakkiz nafar rasmiy kotibi bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!