Yangi Zelandiya issiqlik va energiya uchun ko‘mirdan foydalanishni bekor qilmoqchi

Yangi Zelandiya issiqlik va energiya uchun ko‘mirdan foydalanishni bekor qilmoqchi

Yangi Zelandiyada hukumat umumiy issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha yangi hukumat rejasini qabul qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardern ma’lum qildi.

Mamlakat elektr transport vositalari va elektrobuslardan foydalanishni ko‘paytirish, chiqindilarni qayta ishlashga sarmoya kiritish hamda issiqlik va elektr energiyasi uchun ko‘mirdan butunlay voz kechish orqali atmosferaga chiqindilarni kamaytirish niyatida. Yangi Zelandiya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, reja bir necha o‘n yillikda global iqlim o‘zgarishi muammosini hal qiladi. Emissiyaning pastligi toza energiyadan foydalanish, tabiatni qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani modernizasiya qilish hisobiga ta’minlanadi.

Rejaga ko‘ra, Yangi Zelandiyada 2035 yilga borib avtomobillarning deyarli uchdan bir qismi elektr energiyasida ishlaydi. Jamoat transporti to‘liq elektr avtobuslarga o‘tkaziladi. “Ko‘mir qazib olinadigan yoqilg‘iga bog‘liqligimizni kamaytirish uy xo‘jaliklarini global energiya narxlaridagi zarbalardan himoya qiladi” - dedi Jasinda Ardern.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!