Yangi Spark sotuvga chiqdi. Narxi 85 dollar (FOTO)

Yangi Spark sotuvga chiqdi. Narxi 85 dollar (FOTO)

Tecno kompaniyasi eng oddiy texnik ko‘rsatkichlarga ega yangi Spark Go 2023 smartfonini taqdim etgan edi. Ushbu qurilma bugundan sotuvga chiqdi.

Helio A22 chipida ishlovchi qurilmani Hindistondagi bir necha riteylerlardan sotib olish mumkin. Uning narxi taxminan 85 dollarni tashkil qiladi.

Yangi Spark sotuvga chiqdi. Narxi 85 dollar (FOTO)Smartfon 3/4GB tezkor, 32/64GB doimiy xotiraga ega. Hozirda faqat 3/32GB versiyani sotib olish imkoni mavjud.

Qurilma Android 12 operasion tizimiga asoslangan HIOS 12 grafik qobig‘ida ishlaydi. Unga 720p rezolyusiyadagi 6.5 dyuymli LCD hamda 10 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs akkumulyator o‘rnatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!