Yangi Hijriy 1444 yilning ilk kunida "Ka’bapo‘sh – kisva" almashtirildi

Yangi Hijriy 1444 yilning ilk kunida "Ka’bapo‘sh – kisva" almashtirildi

Ikki Muqaddas Haram masjidlari rahbariyati idorasining ma’lum qilishicha, yangi hijriy sana boshlanishi munosabati “Ka’bapo‘sh – Kisva” shanba kuni yangisiga almashtiriladi. Mazkur yillik tadbirda Ikki Muqaddas Haram masjidlari idorasi rahbari, shayx Abdurrohmon As-Sudays boshchiligidagi 166 nafar texnik xodimlar va hunarmand ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati yozdi.

As-Sudays Saudiya Arabistoni rahbariyatining Ka’bani asrab-avaylashga katta e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.

Podshoh Abdulaziz nomidagi “Ka’bapo‘sh – Kisva” majmuasida turli bo‘limlarda, jumladan, bo‘yash va avtomatik to‘qish, qo‘lda to‘qish, bosmalash, tikish va yig‘ish bo‘limlari hamda Ka’ba kamari va oltin bo‘limida 200 ga yaqin hunarmand va ma’murlar mehnat qildi.

Tikuv ustaxonasida uzunligi 16 metr bo‘lgan, kompyuter tizimi bilan ishlaydigan dunyodagi eng uzun tikuv mashinasi joylashgan.

“Ka’bapo‘sh – Kisva” tayyorlanish jarayonida qora rangga bo‘yalgan 670 kg xom ipak, 120 kg oltin sim va 100 kg kumush simdan foydalanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!