Yandex ham O‘zbekistonda soliq to‘lovchiga aylandi

Yandex ham O‘zbekistonda soliq to‘lovchiga aylandi

Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Yandex O‘zbekistonda soliq hisobiga qo‘yildi. Xabar qilinishicha, Shveysariyada ro‘yxatdan o‘tgan Yandex Europe AG 28 may kuni ro‘yxatga olingan.

Mamlakatda qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatga olingan xorijiy internet kompaniyalarning soni 13 taga yetdi.

Avvalroq, Google birinchi chorak uchun O‘zbekistonda 85 ming yevro, Apple esa 59,2 ming dollar to‘laganligi haqida xabar berilgan edi.

2020 yildan boshlab xizmatlar va tovarlarni elektron shaklda sotish bilan shug‘ullanuvchi xorijiy yuridik shaxslar O‘zbekistonda bunday xizmatlar bo‘yicha soliq to‘lovchi sifatida tan olinmoqda.

Soliq qo‘mitasi QQS bo‘yicha ofisni tashkil qildi, u O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy internet kompaniyalarga ro‘yxatdan o‘tish va soliqlar to‘lashni boshlash imkonini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!